Ingliz tilini o'rganish

Login paro'lingiz yo'qmi? Unda ro'yxatdan o'ting.

Qiziqarli Mashqlar

TeacherBotda siz 6 xil turdagi mashqlardan tuzilgan darslarni bajarib borishingiz mumkin. Ular quydagilar: gap tuzish, so'zlarni trarjimasiga moslashtirish, testlar, rasmli testlar, so'zni yozish (writing) va gapirish (speaking). Xar bir darslar manashunday mashqlar to'plamidan tashkil topgan. Darslarni tugatganingizdan keyin u nechita mashqdan tashkil topgan bo'lsa shuncha miqdorda mukofot puli hisobingizga o'tkaziladi. Bu xaqiyqiy pullar emas. Ulardan faqatgina TeacherBot platformasida musobaqalar va xaridlar uchun foydalanishingiz mumkin.

Rasmli test mashqi.

Ajoyib Musobaqalar

Do'stlaringizga musobaqa jo'natish uchun biror liderbo'rd orqali uning profiliga kirasiz. Bellashuvlar bo'limidan bellashuv yuborish tugmasini bosasiz. Keyin biror kitobni va bellashuvga tikmoqchi bo'lgan summangizni yozib boshlash tugmasini bosasiz. Keyin TeacherBot siz belgilagan kitobning ichidan taxminiy biror darsni tanlab sizga ishlash uchun ko'rsatadi. Darsni boshlagan va tugatgan vaqtlaringiz avtomatik ravishda yozib boriladi. Raqibingiz ham bellashuvni tugatganidan keyin ikkalangizning dars uchun sarflagan vaqtlaringiz solishtiriladi va eng tez bajargan ishtirokchi g'olib deb topilib belgilangan miqdordagi pul uning ballansiga o'tkaziladi. Raqibingiz bellashuvni qabul qilayotganida unga bellashuv kitobi ko'rsatiladi lekin qaysi dars ekanligi ko'rsatilmaydi. Demak ikkalangizga ham bir xil dars beriladi lekin ikkalangiz ham uni bajarishdan oldin qaysi dars ekanligini bilmaysiz. Agar raqibingiz bellashishni xoxlamasa unda u bellashuvni bekor qilishi mumkin va bunda sizning bellashuvga tikgan pulingiz qaytarib beriladi.

TeacherBotda musobaqa boshlash oynasi.

Xatolar Ustida Ishlash

TeacherBot sizning xar bir qilgan xatolaringizni yozib boradi va ularni burchakda paydo bo'luvchi maxsus belgi orqali takrorlash imkoniyatini beradi. Xar bir to'g'ri bajarilgan xatolaringiz tizimdan o'chirib boriladi va agar keyinchalik yana shu xatolarni takrorlasangiz ular yana yozib olinadi va yana takrorlash imkoni beriladi. Bir xatoni ikki uch marta takrorlayverish orqali keyinchalik shu xatoni boshqa qilmaydigan bo'lib ketasiz.

Turli Liderbo'rdlar

4 turdagi liderbo'rdlar orqali o'zingizni boshqa foydalanuvchilar orasidagi reytingingizni kuzatib boring.
1.💲 Kunlik Liderbo'rd
Bu yerda siz kun davomida dars qilib natijada olgan mukofot pulingiz ko'rsatiladi. Agar siz 10 ta dars qilgan bo'lsangiz va har bir dars 10 ta mashqdan tashkil topgan bo'lsa unda siz $100 topgan bo'lasiz (dars ichidagi har bir mashq uchun $1 dan). Sizning natijangiz boshqa ishtirokchilar natijalari bilan solishtirilib ushbu liderbo'rd yaratiladi va real vaqtda yangilab boriladi.
2. 🔥 Deyly Streryk
Bu liderbo'rdda foydalanuvchilar o'zlarining deyliy streyklari bo'yicha ko'rsatiladi. Deyliy stryk bu sizning necha kundan beri qoldirmasdan dars qilib kelayotganingizni bildiruvchi raqamdir. Agar foydalanuvchining deyliy strygi 10 bo'lsa demak u 10 kunda beri eng hech bo'laganida kuniga bittadan dars bajarib kelayotganini bilishimiz mumkin. Agar 100 bo'lsa demak 100 kundan beri, agar 1000 bo'lsa dema 1000 kundan beri 1 kun ham qoldirmasdan dars bajarib kelayotganini ko'rishimiz mumkin. Siz kuniga eng kamida 1 ta dars bajarish orqali deyly treygingizni oshirib borasiz. Agar 1000 kunlik deyliy streykka chiqib bir kun dars qoldirib qo'ysangiz unda 1000 kunlik deyly streygingiz 0 ga tushuriladi va liderbo'rdda eng pastgi o'rinlardan biriga qulaysiz. Deyly strerygingiz oshgan sari uni saqlab qolish masuliyatingiz ham oshaveradi.
3. 🟡 Gold Liderbo'rd
Oltin bu yer yuzida cheklangan miqdorda. Ko'paymaydi ham kamaymaydi ham. Xuddi shu kabi gold ham TeacherBotta cheklangan. Har bir darsda nechita mashq bo'lsa shuncha gold mavjud. U o'sha darsni kim oxirgi bo'lib qilsa shuning xisobiga o'tkaziladi. Agar siz biror darsni qilsangiz uning goldi sizga berialdi. Lekin huddi shu darsni sizdan keyin kimdur qilsa unda shu darsning goldi sizning xisobingizdan olinib o'sha oxirgi marta qilgan ishtirokchining xisobiga o'tkaziladi. Natijada ishtirokchilar o'rtasida gold uchun tortishuv bo'ladi va ko'plab darslar qayta qayta bajarilib foydalanuvchilarning bilimi oshib boradi.
4. 🕗 Taym Liderbo'rd
Xar bir ishtirokchining TeacherBotda qancha vaqt sarflagani doimiy ravishda hisoblab boriladi. Sarflangan vaqt deyilganda shunchaki TeacherBotni yoqib qo'yganingiz hisoblanmaydi. Sraflangan vaqt bu biror darsni boshlagan vaqtingizdan boshlab to uni tugatganingizcha bo'lgan vaqt oralig'i hisoblanib qo'shib boriladi. Manashu liderbo'rddan kimning qancha miqdorda foydali vaqt saflayotganini kuzatib borishingiz mumkin.

TeacherBot Liderbo'rdlaridan namuna.

O'rganish Statistikasi

Qanday tezlikda o'rganayotganligingizni avvalgi kunlarga nisbatan grafikda vizula ravishda kuzatib boring. Buning uchun profilingizga kirib tugatilgan darslar bo'limiga qarashingiz kerak. Unda oldingi 10 kun mobaynida qancha miqdorda dars qilib mukofot olganingiz grafik ko'rinishida tasvirlangan bo'ladi. Agar siz boshqalarning qanday aktivlikda ishlayotganiga qiziqsangiz unda biror liderbo'rddan ularning profiliga kirishingiz va tugatilgan darslar bo'limidagi grafik orqali kuzatib borishingiz mumkin.

O'rganish statistikasi.

Va Yana Boshqa Ko'plab Imkoniyatlar!

Xoziroq Do'stlaringiz Bilan O'rganishni Boshlang

BOSHLASH

Mobil ilovani yuklab oling

Download

Yuklab olingan faylni o'rnatish uchun ilovani downloads/yuklamalar papkasidan topib, uning ustiga bosib, "Unknown sources" / "Noma'lum manbalar" / "Неизвестные источники" ruxsatini yoqing.

© 2023–2025 TeacherBot. Barcha huquqlar himoyalangan.